10:21 17.10.2024
118

Vatanparvarlik-oliy maqsad!

8-oktabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchilari Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tarixiy muzeyiga tashrif buyurdi. Bu dargohda yoshlar ichki ishlar organlarining dastlabki xizmat faoliyati, tarixi, shuningdek, yurt tinchligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan xodimlarning ko‘plab sohalarda erishgan bir qancha yutuqlari bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilar mas’ul xodimlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Muzey tashrifi o‘quvchi yoshlarning ichki ishlar sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirdi.