7-oktabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida taassurot qoldirdi.






7-oktabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida Jizzax viloyat “Qalb nuri” markazi direktori, Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Alimova Nodira Mamatovna bilan uchrashuv tashkil etildi.
N.Alimova uchrashuv davomida o‘quvchilarni “Gender tengligi asoslari” mavzusida taqdimot bilan tanishtirdi. Mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.
Shuningdek, uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi F.Zoirova, Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi katta muharriri, shoira L.Murodova ham ishtirok etdi.
O‘quvchi yoshlar va rahbar ayollar o‘rtasidagi muloqot yoshlarda katta taassurot qoldirdi.