Qaror ijrosi amalda






O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-aprelda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-sonli Qarori 3-bandi b-qismida 2024-yil 1-sentabrdan boshlab ijod maktabi o‘quvchilarini kasblarga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shu maqsadda 11-sentabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot –kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Unda o‘quvchilar Axborot-kutubxona markazining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati bilan tanishishdi. Amaliy jarayonlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.