14:56 18.05.2024
133

Matbuot anjumani

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 18-may sanasida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

Ijod maktabining 7-sinfiga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan mazkur tadbirda 6-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari, mahalla faollari, ta’lim muassasalaridan iborat keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani soat 11:00 da o‘z ishini boshladi.

Unda Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ijod maktabidagi fan va ijodiy to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.