08:21 08.05.2024
149

“Turon yo‘lbarslari” yoshlar qurshovida

Ijod maktabida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining 2-o‘rin sohibi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining “Vatanparvar” jamoasini kutib olish tadbiri o‘tkazildi. G‘oliblar saf qo‘shig‘ini ijro etgan holda maydonga saflanishdi.

Dastlab maktab ma’muriyatiga Sirdaryo viloyati hokimligi hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, musobaqada olgan taassurotlari va hayajonlarini tengdoshlari bilan bo‘lishgan yoshlarga maktab ma’muriyatining esdalik sovg’alari o‘quvchi va pedagog-tarbiyachilar ishtirokida topshirildi.