12:48 23.04.2024
205

Qaror ijrosi amalda

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi musiqiy pedagogika fakulteti, O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ijod maktabi O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abror Ataboyev va konservatoriyaning “O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari bo‘yicha (Phd) dotsent Abdullayeva Munavvara Abdulahadovna ishtirokida kelgusi ishlar yuzasidan kelishib olindi.