TEATR — IBRATXONADIR


TEATR — IBRATXONADIR
⚡️ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.
🏛 Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnalarida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar ijro etildi.
🎭 Unda maktabimiz o‘quvchilarining teatr jamoasi “Hamid Olimjon va Zulfiya” hayotidan parcha ijro etishdi hamda musiqa toʻgaragi aʼzolari ishtirokida milliy kompozitsiya tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi.