06:55 26.03.2024
118

YIGITLAR BELLASHGANDA

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Balli yigitlar” bellashuvi o‘tkazildi. Unda ikki jamoa 5 ta shart bo‘yicha kuch sinashdi. Tadbir davomida o‘zbek xalq laparlaridan namunalar aytildi.

Hamkor tashkilotlardan tashrif buyurgan ijodkor o‘quvchilar chiqishlari davraga o‘zgacha zavq ulashdi.

Ijod maktabi tarbiyachilari tomonidan tashkillashtirilgan bellashuv g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.