07:46 14.03.2024
126

«Kimyoviy tong» deb nomlangan loyiha amalga oshirildi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida pedagoglar, tarbiyachilar va o’quvchilar uchun mo’ljallangan «Kimyoviy tong» deb nomlangan loyiha amalga oshirildi.

🔴Loyiha maktabning kimyo fani o’qituvchisi Omonova Malika boshchiligida o’tkazildi.
📎Loyihada «Yonmaydigan qo’l», «Sun’iy vulqon», «Novdaga gul yasash», «Gugurtsiz olov yoqish», «Tanganing erishi», «Qorning yonishi», «Olovsiz tutun» amaliy mashg’ulotlari mohirlik bilan bajarilib, ishga kirib kelayotgan xodimlarda ko’tarinki kayfiyat yuzaga keltirdi.

Maqsad jamoani ko’tarinki kayfiyat bilan kutib olish, hayotning kimyoviy asosi haqida ko’nikma hosil qilishdan iborat edi. Ushbu maqsadda o’tkazilgan amaliy mashg’ulotlar o’z samarasini berdi.

📎Yaxshi kayfiyat bilan boshlangan tong o’z navbatida maktab jamoasining bir kunlik ish unumdorligini oshirishga xizmat qildi.