12:22 07.03.2024
212

8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan «Orasta qizlar» hamda «Tikuvchilik» to‘garagi bilan hamkorlikda «O‘zbegim qizlari» bellashuvi o‘tkazildi. Bunda o‘quvchi qizlarimizning to‘garaklar faoliyatida o‘rganganlari va pazandachilik sirlaridan qanchalik xabardor ekanliklari namoyish etildi. Bellashuv so‘ngida ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo’yicha diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.