12:15 07.03.2024
72

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 4-mart kuni “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 4-mart kuni “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Jahongir Islomov, Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimi, kapitan G‘ayrat Po‘latov, Jizzax shahar Ichki ishlar bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, kapitan Maftuna To‘layevalar ishtirok etib, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, Internet tizimi va mobil aloqa vositalaridan oqilona foydalanish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ma’ruza qilishdi. O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.