Ochiq dars adabiyot fani








Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 7-«b» sinfiga adabiyot darsida Ashirmatova Nargiza tomonidan «Hayrat ul-abror» dostonining tarkibiy tuzilishi. «Maqolatlar va hikoyatlar» mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Darsda o’qituvchi «Singan tuxum»,»Alfabit»,» Xamsachilik mamlakati» va «Kungaboqar» kabi zamonaviy metodlardan foydalanib, yangi mavzu bayonini to’la yoritib berdi. 14-fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga ham urg’u berib o’tildi va she’rlaridan namunalar keltirildi. O’quvchilar mustaqil tadqiqotchi sifatida Alisher Navoiy hayoti bilan bog’liq «Dono savdogar» hikoyasini sahnalashtirib berdilar.
Dars davomida o’qituvchi ko’zlagan maqsadiga erishdi. O’quvchilar faol ishtirok etib, dars yakunida o’qituvchi tomonidan rag’batlantirildilar.