08:02 12.02.2024
219

Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga tanlov

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI HAMID OLIMJON VA ZULFIYA NOMIDAGI IJOD MAKTABI

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoir Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

1-yo‘nalish:

Nazm- (Zulfiyaxonim tilidan monolog yaratish);

2-yo‘nalish:

badia (Zulfiya shaxsiyati va uning ijodiyotini yoritish);

3-yo‘nalish:

videorolik (Zulfiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).

Tanlovda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarning o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan 1 nafar ishtirokchining ijodiy ishi tanlab olinadi va tanlov tashkilotchilariga telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali (@Mamura_Sayfullayevna)ga taqdim etiladi. Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Tashkilotchilar bilan aloqa uchun: (+99899 5500444, +99891 1977384,)

Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-2-3-o‘rinlar aniqlanadi.

Tanlovda jami 9 nafar g‘olib aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ijodiy ishlar 25-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi va g‘oliblar
2024-yil 1-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda taqdirlanadi.

Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga bag‘ishlangan “Vafo kuychisi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining

N I Z O M I

  1. Umumiy qoidalar

1.1 Ushbu ijodiy tanlov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.

1.2 Tanlov Zulfiya adabiy merosini, Vatanparvarlik, sadoqat va muhabbat tuyg‘usi kabi olijanob insoniy fazilatlar ulug‘langan betakror she’riyatini yosh avlod ongiga chuqurroq singdirishga qaratilgan.

  1. Tanlovning maqsad va vazifalari

2.3 Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad:

– ijodkor va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

– Zulfiya hayoti va ijodini o‘rganish, targ‘ib etish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shoir ijodi mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va o‘zbek adabiyotida, milliy ma’naviyatimizda shoir ijodini ibrat qilib ko‘rsatish;

– shoirning ilmiy merosi o‘zbek va jahon adabiyoti, ma’naviyati rivojida tutgan o‘rnini asoslashdan iborat.

Shuningdek, tanlovning tashkil etilishi:

– o‘quvchilarga she’r ilmi, adabiyot nazariyasi, nutq madaniyati, notiqlik san’ati, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini chuqurroq o‘rgatish;

– Zufiya adabiy merosini o‘rganish orqali yoshlarda vatanparvarlik va buyuk qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini milliy va umuminsoniy g‘oyalar bilan boyitish;

– Zufiya ijodini targ‘ib qilish orqali yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni kitob hamda badiiy adabiyotga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash;

– Zufiya adabiy merosini mazmun-mohiyati va shaxsi haqida to‘liq ma’lumot berish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish;

– Zufiya she’riyatidagi vatanparvarlik, sadoqat, fidoiylik g‘oyalarini targ‘ib etish kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi.

  1. Tanlovni o‘tkazish tartibi

3.4 Tanlov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod  maktablarning 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

3.5 Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy saytlarida yoritib boriladi.

3.6 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi boshchiligida tanlovning hakamlar hay’ati oliy toifali o‘qituvchilardan iborat tarkibda tuziladi.

Tanlov yo‘nalishlari:

1-yo‘nalish:

nazm (Zufiyaxonim tilidan monolog yaratish)

2-yo‘nalish:

badia (Zulfiya shaxsiyati va uning ijodiyotini yoritish);

3-yo‘nalish:

videorolik (Zufiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish).

  1. Tanlovning shartlari va baholash mezonlari

4.7 Tanlovning 1-yo‘nalishida (o‘quvchilarning ijod namunalari 12 misradan kam bo‘lmasligi kerak).

nazm yo‘nalishidagi ishlar:

  • monologning vazn talablariga mosligi, qofiya tartibiga rioya etilganligi, badiiy tasvir vositalarining qo‘llanganligi, imloviy savodxonlik va til uslublariga rioya etilganligini inobatga olgan holda 10 balgacha baholanadi.

badia yo‘nalishidagi ishlar:

  • mavzuni yoritishdagi mantiqiylik, izchillik, badiiylik, hayotiylik, o‘ziga xoslik, obrazlilik, badiiy ifodaviy va badiiy tasvir vositalardan unumli va o‘rinli foydalanish, fakt va manbaalardan foydalanilganlik, mavzu va g‘oya uyg‘unligi olgan holda 10 balgacha baholanadi.

videorolik yo‘nalishidagi ishlar:

  • Video sifatli, davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligini inobatga olgan holda taqdim etiladi.
  • Tanlov g‘oliblarini aniqlash va rag‘batlantirish

5.8. Tanlov g‘oliblari ijod maktabining pedagoglaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.

5.9. Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha 3 nafardan (1- 2- 3-o‘rinlar) g‘olib aniqlanadi.

5.10. Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ijodiy ishlar 25-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi va g‘oliblar 2024-yil 1-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda taqdirlanadi.

Tanlov talabi

Ijodiy ishlar mazmunli, sifatli, imloviy va uslubiy xatolarsiz yuborilishi va har bir yo‘nalish bo‘yicha maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan 1 nafardan ishtirokchilarning ijodiy ishlari so‘raladi.