Mahorat darsi







Joriy yilning 1-fevral kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Falsafa fanlari doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi shoira Shaxlo Axrorova bilan “So‘z va badiiy so‘z. So‘z tanlash mahorati” mavzusida “Mahorat darsi” tashkil etildi.
Mazkur “Mahorat darsi”ga 200 nafar o‘quvchi yoshlar qamrab olindi. Shuningdek, maktabda faoliyat yuritayotgan “Ijod gulshani” to‘garagi a’zolari o‘zlarining she’riy chiqishlarini namoyish qilishdi. O‘quvchi yoshlar “So‘z va badiiy so‘z. So‘z tanlash mahorati” mavzusiga doir savollariga shoiradan atroflicha javob olishdi.