15:35 03.01.2024
117

Ijod maktab 16 stipendiyasi sovrindorlari aniqlandi

Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi stipendiyasining saralash bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

🔰O‘quvchining darsga qatnashish davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi, o‘qilishi rejalashtirilgan badiiy asardan savolga javoblari, matematika fanidan amallarni bajarishi, monitoring ko‘rsatgichi, ijodiy ishlari, ota-onasi yoki yaqinining darslardagi ishtiroki, tarix va jismoniy tarbiya fanidan o‘quvchilarning bilimlari tekshirildi. Natijalar quyidagicha:

5️⃣-o‘rin Xo’jamqulova Sevinch 88.1 ball;
4️⃣-o‘rin Xasanboyeva Zarina 88.7 ball;
3️⃣-o‘rin Diniqulova Mohira 89 ball;
2️⃣-o‘rin Urakboyeva Dilshoda 94.4 ball;
1️⃣-o‘rin Abdusalomova Farangiz 95.9 ballni qo‘lga kiritib, navbatdagi stipendiya sohiblariga aylanishdi.

♻️Stipendiyantlarning ota-onalariga stipendiya pul mukofoti hamda maktab rahbariyatining tashakkurnomalari yuborildi.