12:50 22.11.2023
81

6_noyabr_Sharof_Rashidov_tavalludining_106_yilligi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari, tarbiyachi pedagoglar hamda Sharof Rashidov muzey xodimlari boshchiligida taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 106 yilligi munosabati bilan “Sharof Rashidov barhayot siymo” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.

🔰Ushbu davra suhbatida Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi filiali ilmiy xodimlari, maktab tarbiyachi pedagoglari tomonidan Sharof Rashidov faoliyati, uning butun Respublikamiz uchun qilgan ishlari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shundan so’ng maktab o’quvchilari o’zlarining adib ijodi haqida tayyorlab kelgan chiqishlarini namoyish etishdi. Davra suhbati davomida adib va jamoat arbobi haqidagi videorolik namoyish etildi.