12:37 22.11.2023
87

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 21-oktabr – «O‘zbek tili bayrami» kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni maktabimiz ixtisoslik fanlari bo’yicha direktor o’rinbosari SHahnoza Mavliyanova ochib berdi.
Tadbirda o’quvchilarning quvnoq raqslari, sahnaviy ko’rinishlari, ona tili to’g’risida she’riy chiqishlari namoyish etildi.

Ushbu tadbirda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo’limi rahbari Mehribon Abdurahmonova hamda yozuvchilar uyushmasining bir qator vakillari ham tashrif buyurishib o’quvchilar bilan davra suhbati olib borishdi.