13:42 29.09.2023
129

#Ustozlar_bayramiga_tabrik

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchilari “1-oktabr — O`qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan barcha ustozlarni ko’tarinki ruhda gullar bilan kutib olishdi.

Ushbu qutlug‘ ayyomda, Siz, zahmatkash ustozlarga ko‘nglimizda, yuragimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni so‘z bilan to‘liq ifoda etish qiyin, albatta. Chunki Sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz.