qabul_2023
10_iyun_30_iyun
ijod_maktabi

Ijod maktabida o‘qish uchun pul to‘lanadimi, o‘quvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?
📌Ijod maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.
✅O‘quvchilar uchun ijod maktablarida quyidagi sharoitlar yaratilgan:
➖ zamonaviy bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi;
➖ bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
➖ darsdan so‘ng 11 turdagi to‘garak mashg‘ulotlariga bepul jalb qilinadi;
➖ turli xil sport turlari (futbol,basketbol, volleybol, stol tennisi) bilan shug‘ullanishadi;
➖ maxsus kiyim-kechaklar;
➖ ixtisoslik fanlari (ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika) fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi;
➖ yuqori sifatli opyik internet tarmog‘iga ulanish;
➖ darslik va kerakli maktab qurollari bilan bepul ta’minlanadi;
➖ zamonaviy va katta sig’imga ega kutubxona;
➖ milliy gvardiyaga qarashli ishonchli qo’riqlash xizmati;
➖ 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyati va yana ko’plab imkonlarga ega bo‘ladilar.
📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Call-markaz raqami: 1206