11:01 07.06.2023
74

Team Building

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi uchun “Men+Sen=Biz” deb nomlangan Team Building o’tkazildi. Ushbu tadbirni maktab psixologi N. Nabiyeva va sport targ’ibotchisi Sh. Oripovlar olib borishdi.

🧘🏼‍♂️🧘🏼‍♀️✅ Treningning maqsadi jamoani yanada birlashtirish, unda samarali va do’stona hamkorlikni shakllantirish edi. Shu maqsadda “Kim epchil?”, “Labirint”, “Fazilatlarimiz” “Mehr rishtalari” va boshqa ko’plab harakatli shartlar bajarildi.

🏃🏽‍♂️🧗Mashqlarni bajarish orqali trening ishtirokchilari o’zlarining xatti-harakatlarining sabab va xususiyatlarini o’rgandilar. Jamoaning har bir a’zosi o’z-o’zini rivojlantirishga, kommunikativ kompetentsiya mexanizmlarini o’zlashtirishga undaldi.
✅Team Building ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.
Ishonchimiz komilki, bu tahlitdagi treninglar jamoada sog’lom ruhiy muhit barqaror bo’lishiga zamin yaratadi.