14:59 01.06.2023
138

IJOD MAKTABLARI 2023-2024-O’QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!

IJOD MAKTABLARI 2023-2024-O’QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 2023-2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

❓Ijod maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?

🗂Talabgorning:

➖ Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;

➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);

➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Yaratilgan sharoitlar:

* Bepul yotoqxona;

* 5 mahal bepul issiq ovqat;

* Shinam va yorug‘ o‘quv xonalari;

* Zamonaviy kompyuter sinflari;

* Yuqori malakali pedagog va tarbiyachilar;

* O‘quvchilarning erkin ijod qilishlari uchun ijod bog‘i va kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklar;

* Sportning futbol, basketbol va volleybol turlari bilan shug‘illanish uchun sport zal;

* Shifokor va hamshira xizmati;

* Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati;