Yakuniy_davlat_imtihoni








🔰 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining №30-AF-sonli topshiriq xatiga, asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o’quvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 10-iyuniga qadar o’tkazilishi belgilangan.
📝Shunga ko’ra, bugun Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-sinf o’quvchilaridan 2022-2023 o’quv yili bo’yicha adabiyot fanidan yakuniy davlat imtihoni olindi.
✅ Imtihon avvalida ijod maktabi direktori D. Xamdamova so’z olib, 9-«A» va 9-«B» sinflarining 40 nafar o’quvchilariga navbatdagi imtihon sinovlarida omad tiladi va barcha o’quvchilarning yuqori natijalar ko’rsatishiga ishonch bildirdi.
🔴Yakuniy davlat imtihonlari davom etadi.