III-Renessans





Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar – uchinchi Renessans va yangi ma’naviy makon bunyodkori” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi boʻlim boshligʻi Sur’at Isomiddinov o‘quvchilarga:
- I va II Renessans davri;
- III Renessans kimlar tomonidan qurilishi;
- Bugungi kunda innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish;
- Noodatiy va tanqidiy fikrlash – zamon talabi ekanligini o‘quvchilarga alohida tushuntirib o‘tdi.