Tarixiy_sana
Abdulla_Qodiriy_129





Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida oʻzbek adabiyotining ulkan namoyondasi, o‘zbek romanchiligiga asos solgan adib va maʼrifatparvar mutafakkir Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun munosabati bilan 7- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodkorning «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» asarlari asosida «Bilimdon kitobxon» tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Guruhlar yozuvchining hayoti va ijodi haqida maʼlumot berib, ushbu ikki asarning yaratilish tarixi bilan yigʻilganlarni tanishtirdi va asarlardan kichik sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.