Mushoira etadi davom






Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida mushoira kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz ijodkorlaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Ulug‘bek Xojimurod, Ilhom G‘aybullo, Husan Ravshan, Muqaddas Saddinovalar ishtirok etdilar.
📝Mushoirada maktabimiz hamda viloyatimizning turli maktablaridan kelgan o‘quvchilar ustoz ijodkorlar qatori o‘z ijod namunalarini o‘qib, ustozlardan tegishli maslahatlar olishdi.
📝Mushoirada faol tarzda qatnashgan ishtirokchilarga «Nazm gulshani» to’garagi rahbari Sirojiddin Karim tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.