Maktab prezidentligiga saylov





Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar o‘rtasida Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu saylov ko‘tarinki ruhda olib borildi. Prezident saylovida
✅8-“B”sinf o‘quvchisi Ozoda Qosimova,
✅9-“B”sinf o‘quvchisi Muhtaram Eshdavlatova,
✅10-sinf o‘quvchisi Sevinch Hasanova
✅10-sinf o‘quvchisi Sarvinoz Abdug‘afurova
o‘z nomzodlari bilan qatnashishdi.Har bir nomzod o‘zining taklif va loyihalarini yetarlicha yoritib bera oldi. O‘quvchilar o‘zi maqbul deb topgan nomzodni yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylashdi. Saylov natijalariga ko’ra 10-sinf o‘quvchisi
Sarvinoz Abdug’afurova maktabimiz prezidentligiga munosib deb topildi.
Yangi prezidentimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.😊😊😊