19:53 03.03.2023
91

Zulfiya_tavalludining_108_yilligi

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida atoqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi va yig’ilganlarni samimiy tabrikladi.

🔹Tadbir davomida ijod maktabi o’quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va sahna ko’rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shu kuni Alisher Ubbiyev ijod maktabining yangi binosi bilan tanishdi.

❗️Bundan tashqari, Agentlik direktori G’allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ochilishida ishtirok etdi.

Mazkur maktab ayni damda 320 nafar o’quvchi tahsil olmoqda