19:47 03.03.2023
99

“O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoir Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

📜1-yo‘nalish: nazm (Zulfiya ijod namunalariga nazira bog‘lash);

📄2-yo‘nalish: maqola (Zulfiya shaxsi va uning ijodiyotini yoritish);

🎥3-yo‘nalish: videorolik (Zulfiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).

📖4-yo‘nalish: dars ishlanma. O‘qituvchilar uchun (Zulfiya hayoti va ijodini ochib beruvchi dars ishlanmasini tayyorlash)

Tanlovga ijodiy ishlar 27-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi.