19:44 03.03.2023
91

“Ikki buyuk siymo”

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 9-fevral – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan buyuk ajdodlarimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini anglash, ilmiy va ijodiy merosini yanada chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Ikki buyuk siymo” shiori ostida tanlovlar o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:

📜 Eng yaxshi nazira muallifi Zarifa Mardiyeva;
📖 Eng yaxshi insho Hilola Ziyatova;
🎥 Eng yaxshi videolavha Shohsanam Abduazimova.

Tadbir so’ngida haftalik doirasida o’tkazilgan tanlovlarda g’olib bo’lgan o’quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.