14:28 11.02.2023
120

VAZIR IJOD MAKTABINING YANGI BINOSI BILAN TANISHDI

Jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashrif buyurdi.

Tashrif davomida:

🔹 Maktab bitiruvchilarining xorijiy tillarni o’rganganlik darajasi,
🔹 ijod maktabining viloyat fan olimpiadasidagi ishtiroki,
🔹 kasbga yo’naltirilgan to’garaklar faoliyati,
🔹 3 nafar ijodkor o’quvchining ilk she’riy kitoblari taqdimotlari bilan tanishdi.

Shundan so’ng vazir maktabning ta’mirlangan binosi bilan yaqindan tanishib, o’z taklif va tavsiyalarini bildirib o’tdi.

❗️Ma’lumot o’rnida, mazkur maktabda 186 o’ringa ega yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport zali – markazlashgan yangi o’quv binosi foydalanishga topshirilgan.