15:47 09.02.2023
109

Navoiyga_ehtirom

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fan o’qituvchilari, “Drama” hamda “Nazm gulshani” to’garagi rahbarlari hamkorligida ulug’ mutafakkfir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan «Har kim Navoiyni anglasa» spektakl namoyishi va «She’r-u shuur bahsi» nomli zakovat intellektual musobaqasi tashkil etildi.
Bayram namoyishida o’quvchilar Alisher Navoiy bobomizning boy ma’naviy, didaktik merosidan namunalar aytishdi. Dilrabo kuy-qo’shiqlar, latif raqslar tinglovchilarga manzur bo’ldi.
«Navoiy izdoshlari» va «Tarannum» guruhi o’rtasida uch shart asosida kechgan qizg’in bahsda barcha yig’ilganlar foydali, qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Musobaqa «Navoiy izdoshlari» guruhining ustunligi bilan yakunlandi.