Steam fanlar olimpiadasi



31-yanvardan 3-fevralga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda STEAM fanlar olimpiadasining maktab bosqichi o’tkaziladi.
Shu munosabat bilan 31-yanvar sanasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida STEAM fanlari bo’yicha
✅matematika,
✅kimyo,
✅biologiya fanlaridan olimpiadaning birinchi bosqich—yozma ish turi o’tkazildi.
Olimpiada jarayoni shaffof, sifatli tarzda tashkil etildi. Olimpiada natijalari tez orada e’lon qilinadi, eng yuqori ball to’plagan o’quvchilar viloyat hududiy bosqichida ishtirok etadi.