09:59 13.01.2023
97

Onlayn tanlov

Izlanuvchan, bilimdon o’quvchilarimizning qishki ta’til vaqtini maroqli o’tkazish maqsadida, 13-yanvar soat 19:00da mantiqiy fikrlash, ona tili va adabiyotdan olingan bilimlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan «Intellekt vaqti – 5» loyihasi tashkil etilmoqda. Tanlov @ikki_qalb_izdoshlari kanalida online tarzda boʻlib oʻtadi. Har bir ishtirokchi berilgan 5️⃣ ta qiziqarli topshiriqni bajarib Iroda Abdurashidovaning shaxsiy yozishmasiga yo’llaydi.

⏳To’g’ri javoblarni yuborishga eng kam vaqt sarflagan o’quvchilarga yuqori ball beriladi. Javoblar umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

♾ Loyiha doirasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan va ta’tilda o’qilgan asarlar yuzasidan ham suhbat tashkil etiladi. Mehmonimiz Nargiza Ashirmatova.