Shuhrat (1918-1993)

Shuhrat (1918-1993)
Bugun o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri, shoir va dramaturg Shuhrat (G‘ulom Aminjonovich Alimov) tug‘ilgan kun. Adib 1918-yil 10-yanvarda Toshkentning Hazrati Imom (Xastimom) mahallasida hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Baʼzi manbalarda adibning tug‘ilgan kuni 19-aprel deb ko‘rsatilishini Shuhrat o‘z xotiralarida shunday ifodalaydi: “Men aslida 10-yanvarda, qoq qish faslida dunyoga kelganman. 19-aprelni sovetlar zulmidan ozod bo‘lgan kunim sharafiga qayta tug‘ilgan kunim deb aytib yuraman”.
Yozuvchi 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-43).
Adibning ilk asari – “Mehrol” ertak-dostoni 1940-yilda yozilgan. “Bizning ko‘cha” (1947), “Hayot nafasi” (1948), “Qardoshlar” (1950), “Balladalar” (1958), “Sening sevging” (1961), “Ishqingda yonib (1964), “Buyuk muhabbat” (1966), “Lirika” (1973), “Shaydo ko‘ngil” (1976), “Hali tun uzoq” (1984) va boshqalar asarlari shular jumlasidandir.