QISHKI TA’TIL DAVRIDA ONLAYN SPORT TANLOVIDA ISHTIROK ETING VA QIMMATBAHO SOVRINLARNI QO‘LGA KIRITING!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida o‘quvchilar uchun onlayn sport tanlovini e’lon qiladi!
🔰I. SHARTLARI QANDAY❓
👨💻➡️ BU JUDA ODDIY
1️⃣ Bunda maktab o‘quvchilari o‘z oila a’zolari bilan ishtirok etishlari lozim. O‘quvchilar o‘z uyida umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish orqali sportning insonga foydali tomonlarini ochib berishlari kerak bo‘ladi.
2️⃣ Ishtirokchilar tanlov davomida ko’rsatilayotgan mashqlar takrorlanmasligi hamda ko’rsatayotgan mashqlari aniq va sifatli bajarilishi, mashqlarni ketma-ketlik asosida bajarishlari talab etiladi.
3️⃣ Ishtirokchilar onlayn tanlov jarayonini 3 daqiqadan oshmagan holda video tasvirga olib, 2023-yil 9-17-yanvargacha @t.me/yoshlikmk (https://t.me/yoshlikmk) telegram kanaliga a’zo bo’lib, uning admini @Yoshlik_mk telegram manziliga yuborishlari zarur. 😀
😀II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY ❓
➖✅Tanlov natijalari quydagicha aniqlanadi, eng sifatli, shartlarni aniq va to‘g’ri bajargan holda yuborilgan video roliklar saralanib 2023-yil 17-yanvar kunidan boshlab @t.me/yoshlikmk (https://t.me/yoshlikmk) telegram kanaliga joylashtiriladi hamda 2023-yil 20-yanvar kuni Markaziy kengash tomonidan g’oliblar aniqlanadi va telegram kanalda e’lon qilinadi.
🎁III. G‘OLIBLAR QANDAY MUKOFOTLANADI❓
🥇🖥1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga TELEVIZOR topshiriladi.
🥈🚲2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga sport VELOSIPED topshiriladi.
🥉🚲3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga VELOSIPED topshriladi.
✅Quydagilar talab etiladi.
1️⃣ O‘quvchining F.I.O
2️⃣ Yashash manzili, ta’lim olayotgan maktab haqida ma’lumot.
😀Quyidagilar taqiqlanadi.
1️⃣ Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklar.
2️⃣ Bitta videorolikni takroran yuborish.
3️⃣ Belgilangan vaqtdan oshmasligi.
✅O‘zbekiston «Yoshlik» JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati