#psychologist_time







Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Jizzax Prezident maktabi hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi psixologlari tashabbusi bilan 25.11. 2022-yilda ikki jamoa o’rtasida o’zaro hamkorlikda “Biz birgamiz” nomli psixologik team building bo’lib o’tdi. Team building turli ruhiy va jismoniy topshiriqlar o’yin ko’rinishida o’tkazildi.
Bunday tarzdagi team building agentlik tarixida ilk bor debyut sifatida o’tkazilgan bo’lsa-da, qo’yilgan maqsadga erishildi. Jamoalararo birdamlik, hurmat va do’stona munosabatlar mustahkamlandi. Barchada ko’tarinki kayfiyat paydo bo’ldi . Bu esa o’z navbatida jamoaning ish unumdorligini oshirishi shubhasiz!