13:09 25.11.2022
68

Shifokorlik_kasbini_tanlashgan…

Tibbiyot_universiteti_bilan_hamkorlik

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda universitetning “Klinik ordinatura” dekani Po‘latov Ulug‘bek Sunnatovich va sobiq o‘quvchimiz Toshpo‘latova Kamola Ulug‘bek qizi ijod maktabida tahsil olayotgan tibbiyot sohasiga qiziqadigan 18 nafar o‘quvchi yoshlarga respulikamizdagi tibbiyot sohasiga ixtisoslashtirilgan OTMlari, shifokorlarga yaratilgan sharoitlar, shifokorlik mas’uliyati, oliy ta’limga tayyorlanish fan bloklari va boshqa ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

Bugungi kunda Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Stomatologiya” yo‘nalishida sobiq o‘quvchimiz Toshpo‘latova Kamola Ulug‘bek qizi grant asosida tahsil olmoqda…