11:30 19.11.2022
105

Teatr_eng_yaxshi_maskan!

Teatrga_tashrif

Rejissyordan_mahorat_darsi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchi hamda oʻqituvchilari Jizzax viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi. Spektakldan avval rejissyor Gulmurod Xudoynazarov tomonidan yosh o‘quvchilarga sahna madaniyati haqida qiziqarli ma’lumotlarni aytib o‘tdi. Masalan:

  • sahnadagi “X” formulasi;
  • sahnada yurib gapirmaslik;
  • sahnaga orqa o‘girmaslik va boshqa ma’lumotlar yetkazildi.

Gulmurod Xudoynazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Kulgi ustiga kulgi” hajviy spektakli namoyish etildi. Spektaklga Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatrining aktyorlari Umid Shodmonov va Azizbek Obilovlar tashrif buyurishdi. Spektakl diltortar kuy-qoʻshiqlarga ulanib ketdi.