festival davom etmoqda
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchi yoshlari Ma’naviyat festivali doirasida Jizzax viloyati musiqali drama teatrida “O‘zbekiston qahramonlari” kitobining taqdimotida ishtirok etishdi. Ushbu taqdimotda yosh ijodkor o‘quvchilarimiz o‘z qalamlariga mansub ijodiy ishlarini tadbir ishtirokchilariga aytib berishdi.
O‘zbekiston qahramonlari va taqdimot ishtirokchilariga ijod maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi Tursunova Visolaning “Kapalakka maktub” she’riy kitoblari sovg‘a qilindi.
Festival davom etmoqda…




