11:20 19.11.2022
71

Ijodiy_hamkorlik

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari Ma’naviyat festivali doirasida Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Xolbo‘tayev Nodirjon Jonuzoqovich (Nodir Jonuzoq), Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi targ‘ibotchisi, taniqli olima, falsafa fanlari doktori, xalqaro toifadagi spiker Jamila Shermuhammedova, shoira, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Zulfiya Mo‘minovalar bilan ikki buyuk qalb egalari Hamid Olimjon va Zulfiya haykallari poyiga gullar qo‘yishdi. Adiblarni xotirlab, o‘quvchilarga ularning hayoti davomidagi o‘chmas adabiy-ijodiy merosi haqidagi ma’lumotlarni aytib o‘tishdi. Tadbirlar davom etmoqda…