11:16 19.11.2022
115

ijod_maktabida_mahorat_darsi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining oʻquvchi yoshlari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Hayot Shodmon o’rtasida ijodiy uchrashuv va mahorat saboqlari tashkil etildi. Hayot Shodmon 1962-yil 14-mayda tugʻilgan. 1979-yil Guliston shahrida oʻrta maktabni tamomlagan. 1983-yilda Guliston qurilish texnikumini, 2009-yilda Oliy adabiyot kursini tugatgan. 2000-yilda «Sogʻinchlarga ishondim seni», 2002-yilda «Davkar elim», 2004-yilda «Oʻlan toʻshak», 2011-yilda «Umid fasllari», 2004-yilda «Jiyan keldi», 2017-yilda «Enadaryo» sheʼriy toʻplamlari nashr qilingan. Sheʼrlari asosida bir qator qoʻshiqlar yaratilgan.