11:14 19.11.2022
110

Ijodiy uchrashuv

Xoliqnazar Alishev badiiy ijod bilan ham muntazam ravishda shugʻullanib kelganligi bois, bugungi kunda qalami oʻtkir shoir sifatida oʻz muxlislariga ega…

Joriy yilning 14-noyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o’quvchi yoshlar va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Xoliqnazar Alishev o’rtasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Shoir – o’quvchilarga Hamid Olimjon hayoti va ijodi boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi, ijod namunalaridan oʻqib berdi. Oʻquvchilar ham shoir qalamiga mansub she’ rlardan oʻqishdi.