15:52 19.10.2022
85

#Nazm_gulshani to`garagidan…3

Drabllar

*
Uning “ko’z gavhari” uchun yomg’ir ham ezilib-ezilib yig’ladi.
Axir uning o’zi ham yomg’irdan daryo o’zani toshishini bilmagandi.

*
Dard bugun yomg’ir yog’ganidan xursand. Chunki yomg’ir qut-barakadir. Ha, ammo o’sha baraka g’amga yo’g’rildi. Dard o’z dardlariga soyabon topa olmay qoldi…

*
O’rik gullari ho’l bo’lgan yopinchig’ini tomchilar tufayli ocha olisholmayapti. Men ularga achinsam, shirin og’ular kipriklarimni silab shivirlashdi.

*
Osmon paxtaga o’zini tashladi. Afsuski, paxta ho’l ekan…
Suvlar siqilib yerni uyg’otdi.


  • Qizcha kulbasiga keldi-da, ivigan, yamoq etigini yechdi. Ammo u juda mamnun. Chunki uning uchun «yangitdan» hayot boshlandi…

Eshboyeva Marjona, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 8-A sinf o’quvchisi