O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 2022-2023-o‘quv yili mavsumining ochilish bayram tadbirlari tashkil etildi.





Tadbirda ijod maktabi direktori Dilafruz Xamdamova barchani yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ta’til davomida loyiha va tanlovlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilarni taqdirladi.
Ijod maktabini oldingi o‘quv mavsumlarida tamomlagan sobiq o‘quvchilar kasb tanlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, davlat imtihonlariga qanday tayyorlanish kerak ekanligi haqida qiziqarli ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazishdi.