09:38 20.08.2022
103

Ijodkor yoshlar – yangi O`zbekiston kelajagi!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining bir guruh ijodkor o’quvchilari “Ijodkor yoshlar – yangi O‘zbekiston kelajagi!” shiori ostida Toshkent shahri va viloyatiga seminar va sayohat uchun yo’l olishdi. Dastur doirasida o‘quvchilar Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Yangi Ozbekiston” bog‘i va uning asosiy mazmuni milliy davlatchilik tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan ajoyib obida bilan tanishdi.