18:28 11.05.2022
134

Akmal Saidov tashrifi…

Uch_avlod_uchrashuvi

Ijod_maktablari

✨UCH AVLOD UCHRASHUVI

🔴 Bugun Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Respublikamizdagi siyosiy, ijtimoiy sohalarga oid arboblar tashrif buyurdi. Jumladan:

-Akmal Saidov – Akademik, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o’rinbosari.

-Qalandar Abdurahmonov – Akademik, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali direktori.

Shuningdek, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov, Anorboy Eshmatov- O’zbekiston qahramoni, Mehribon Abdurahmonova- Respublika yozuvchilari uyushmasi Jizzax viloyati bo’limi rahbari va yana bir qator faolllar ishtirok etishdi.

🧲 O’quvchilar uchun kitoblar ulashish bilan birga, ular bilan yaqindan suhbat olib borib, o’z hayot tajribalari haqida so’zlab berib, qatnashchilar dunyoqarashini yanada oshirishdi. Tashrif so’nggida mehmonlar maktab haqida iliq fikrlar bildirib, zarur taklif va tavsiyalarini bo’lishishdi.