09:48 16.02.2022
115

Iqbol Mirzo bilan uchrashuv..

ALISHER_NAVOIY_VA_BUGUNGI_ADABIYOT

💻✅8-fevral kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari va O‘zbekiston xalq shoiri, falsafa fanlari doktori Iqbol Mirzo ishtirokida “Alisher Navoiy va bugungi adabiyot” mavzusida onlayn muloqot tashkillashtirildi. Unda 8-9-sinf o‘quvchilari, yozuvchilar uyushmasi vakillari, o‘qituvchilar va shoirning muxlislari mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning nodir asarlari, ilk devonining mumtoz adabiyotda tutgan o‘rni haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar aytildi. Shuningdek, o‘quvchilar Iqbol Mirzo ijodiga doir naziralardan aytib berishdi. Kelgusidagi ijodiy uchrashuv bahor faslida bo‘lishi kutilmoqda.