Ijodkor o’quvchilarimiz uchun imkoniyat.
Eʼlon
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari o‘rtasida 14-yanvar – «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan “Men Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk sarkardalar avlodiman” mavzusida she’r, maqola, insho, rasm yo’nalishlarida ijodiy tanlov boʻlib oʻtadi.

Tanlovda qatnashish uchun oʻz ijodiy ishlaringizni 13-yanvar kuni soat 14:00ga qadar Jurnalistika va «Adabiyot gulshani» toʻgaragi rahbari Sabohat Sayfiddinovaga topshirishlaringiz soʻraladi.
Gʻoliblar maktab maʼmuriyatining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.