10:27 12.01.2022
134

Sport – bizni birlashtiradi!

Sport – bizni birlashtiradi!

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi

#Hamid_Olimjon_va_Zulfiya_nomidagi_ijod_maktabi

#Jizzax_shahridagi_Prezident_maktabi

#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

#Guliston_shahridagi_Pezident_maktabi

#Abdulla_Oripov_nomidagi_ijod_maktab jamoalari o`rtasida “Sport – bizni birlashtiradi” shiori ostida sportning futbol turi bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi.

Dastlab musobaqa qur’a tashlash marosimi bilan boshlandi. Unga ko`ra Hamid Olimjon va Zulfiya hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari maydonga tushib, mezbon maktab jamoasi keyingi bosqichga yo`l oldi. Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi va Jizzax shahridagi Prezident maktablari o`rtasidagi murosasiz bahsda Jizzax shahridagi Prezident maktabi g`alaba qozondi. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi va Guliston shahridagi Prezident maktablari o`rtasida bahsda mezbonlar final bosqichi chiqishdi. Finalda esa ikki Jizzax viloyati vakillari Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Jizzax shahridagi Prezident maktablari o`rtasidagi kurashda Jizzax shahridagi Prezident maktab g`alaba qozondi.  

Musobaqa yakuniga ko`ra:
1-o`rinni Jizzax shahridagi Prezident maktabi;
2-o`rinni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
3-o`rinni Guliston shahridagi Prezident maktabi qo`lga kiritdi.