13:27 14.12.2021
130

HAMID OLIMJON XOTIRASI ABADIY


11-dekabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida atoqli davlat arbobi, Jizzax elining suyukli farzandi Hamid Olimjon tavalludining 112 yilligi munosabati bilan “Uni sevib el tilga olur” nomli ma’naviy- ma’rifiy tadbir va ijodiy tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori D.Xamdamova ochib berdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari M.Abdurahmonova, viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari I.Umarova, Jizzax shahridagi Prezident maktabi direktori A.Ahmuradov, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi bo’lim boshlig’i, Zulfiyaxonim shogirdi Y.Begaliyevalar bugungi muhim sana munosabati bilan yig’ilganlarni qutlashdi. Shundan so‘ng Hamid Olimjon hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi o‘quvchilar tomonidan namoyish etildi.